#tayinlov
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri o‘rinbosari Maxmudov Shaxrillo Sharipovich hamda rektor Matkarimov Rashid Masharipovich ishtirokida universitetning tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Universitet Ilmiy kengash ilmiy kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Gaziyev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li Sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlanganligi eʼlon qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda mazkur lavozimdan kelib chiqib jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarning samarali olib borilishini ta’minlash, sohaga tegishli ilmiy ishlanma va loyihalar ustida ishlash hamda iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish kabi vazifalar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.