#uchrashuv
✅Bugun, 8-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati IIBB bilan hamkorlikda Parij shahrida oʻtkazilgan XXXIII yozgi olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Muzaffarbek Toʻraboyev, Akbar Joʻrayev hamda Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendibayevlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📍Universitet rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, Toshkent viloyati IIBB masʼullari, professor-oʻqituvchilar, murabbiylar, talabalar hamda litsey oʻquvchilari bilan oʻtkazilgan mazkur uchrashuv davomida yurtimizda sportga berilayotgan eʼtibor, olimpiada sovrindorlari esa Parij-2024 olimpiadasi taassurotlari, gʻalaba qozonish muvaffaqiyati va kelajakdagi maqsad-rejalari haqida soʻz yuritdi.
👥Samimiy muloqot va doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv qizgʻin savol-javoblarga boy boʻldi.
🎁🧾Uchrashuv yakunda taniqli sportchilarimizga universitet rahbariyati hamda Toshkent viloyati IIBB masʼullari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.