Diqqat E’lon‼️
 
Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari!
 
🥋Sizlarni joriy yilning 5-oktabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tadigan Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasining taekvondo sport turi bo‘yicha Kafedra ochiq birinchiligi musobaqasiga taklif etamiz.
 
🧑🎓👩🎓Unda oliygohimizning barcha talabalari ishtirok etib, o'z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin. 
 
📍Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun eslatmalar: 2024-yil 4-oktyabr kuni 15:00 ga qadar ishtirokchi jamoalar o‘z talabnomalarini kafedraga topshirishlari lozim. Ayni shu sanada taekvondo sport zalida soat 15:30 dan 17:00 ga qadar vazn o‘lchash marosimi ham bo‘lib o‘tadi. 
 
⚖️Vazn toifalari: 
Erkaklar: 58 kg, 68 kg, 80kg, +80 kg bo‘yicha; 
Ayollar: 49 kg, 57 kg, 67 kg, +67 kg bo'yicha.
 
✅Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!