#seminar
2024-yil 18-sentabr kuni universitetning Ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi masʼullari tomonidan professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni loyihasida belgilangan ustuvor vazifalar boʻyicha seminar tashkil etildi.
Unda ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reestrini joriy etish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini shakllantirish va ularni yetakchi xorijiy-ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish hamda 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga talabgorlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida kutilayotgan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi.