O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qo'shimcha to'lov- shartnoma asosida o'qish istagida bo'lgan talabgorlar diqqatiga!
Xabaringiz bor Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar universitetning Magistratura bo’limiga 2021-yil 9-noyabrdan (E bino 305 va 310 xona) murojaat qilishlari mumkin.