#qabul2024
🏆Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha bevosita va onlayn suhbat bo‘lib o‘tdi.
⏩Suhbat jarayonlari tegishli bo‘lim rahbarlari hamda kafedra mudirlaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan olib borildi.
✅Xususan, ishchi guruh a’zolari Angola, Rossiya va Tojikiston davlatlaridan universitetda o‘qish istagini bildirgan 4 nafar xorijiy abituriyentlar bilan ularni qiziqtirgan sport turlari va tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha savol-javob o‘tkazishdi.
📍Yakunda berilgan savollarga qaytarilgan javoblar ijobiy baholanib, xorijiy fuqarolarga komissiya a’zolari tegishli tartibda yakuniy xulosalar taqdim etilishini bildirib o‘tishdi.