#kengash_yig‘ilishi
🏢Rektor Rashid Matkarimov, prorektorlar, kafedra mudirlari va Kengash a’zolari hamda onlayn tarzda oliygohning Nukus va Farg‘ona filiallari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish avvalida universitet rektori R.Matkarimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi qaror va buyruqlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida kengash a'zolariga ma'lumot berib o‘tdi.
✅Shundan so‘ng Universitetda ijro va mehnat intizomiga rioya etish, "Qabul-2024" jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish va o‘tkazish, yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida olib borilgan ishlar, sohaga oid topshiriqlar ijrosi, ilmiy-innovatsion ishlar tahlili, universitetning moliyaviy holati, sportni ommalashtirish masalalari yuzasidan mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosini tashkil qilish, sport turlari bo‘yicha 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtixon jarayonlarini ochiq va adolatli tarzda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.