✅Bugun, 24-may kuni Toshkent harbiy okrugiga qarashli 71201-sonli harbiy qismda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda “VATANPARVARLIK TUYGʻUSI HAYOTIMIZNING MAʼNAVIY ASOSIʼʼ mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
⏩Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy va sport universiteti Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshligʻi Ibrohim Sarimsoqov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi metodisti Xislat Xolmurodov hamda oliygoh talabalari va harbiylar ishtirok etishdi.
📍Tadbirda VATANPARVARLIK asrlar davomida maʼlum va mashhur tamoyil boʻlib, u insonning oʻz Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga boʻlgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha ekanligi va eng muhimi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan masala bo‘lib qolishi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.