#talaba_yutuqlari
⚽️2024-yilning 2-aprel kuni Olmaliq shahrida joylashgan “OKMK” AJga qarashli sport majmuasida sportning futzal turi bo‘yicha Toshkent viloyati hududidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat bosqichi final uchrashuvi o‘tkazildi.
🏢Unda viloyatning ikki nufuzli oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetining futzal bo‘yicha terma jamoalari g‘oliblik uchun musobaqalashdi.
🥇Keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan final uchrashuvida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 6:3 hisobida g‘alaba qozondi hamda musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🏅Ma'lumot o‘rnida “Talabalar ligasi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichida 7 ta jamoa tarkibida jami 100 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.
💐👏Sportchi talabalarimizni g‘alaba bilan tabriklagan holda, keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!