#ma’rifiy_tadbir
Ma’lumki, hozirda respublikamizning barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur shior ostida 2-aprel kuni oliygoh rahbariyati hamda talabalar ishtirokida navbatdagi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qo'mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma'rupov tomonidan so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlarining salbiy oqibatlari hamda turli mafkuraviy qarashlar to‘g‘risida o‘ziga xos ma’ruza qilinib, bunday salbiy oqimlarga ko‘r-ko‘rona ergashgan yoshlarning ayanchli taqdiri misollar yordamida tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutahassis tamonidan atroflicha javob berildi.