‼️E’lon‼️ 
 
Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari diqqatiga!
 
Sizlarni joriy yilning 7-mart kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining SAMBO sport turi bo'yicha Ochiq birinchiligi musobaqasiga taklif etamiz.
 
👨🎓Unda oliygohimizning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari kafedra tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi. 
 
✅Musobaqada ishtirok etishni istagan talabalar uchun eslatmalar: 2024-yil 6-mart kuni universitet Sport majmuasi (manej) zalida soat 15:30 dan 17:00 ga qadar vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. Vazn toifalari 58 kg, 64 kg, 71 kg, 79 kg va 98 kg bo‘yicha. Ishtirokchi jamoalar talabnomalarni 6-mart 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.
 
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon.: +99897 480-10-90.