Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yakkakurash sport turlari fakultetining “Boks, kik-boks muay-tay nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34-yil to‘lganligi munosabati bilan boks sport turidan “Universitet birinchiligi” musobaqasi tashkil etildi.
Dastlab, musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda fakultet hamda kafedra rahbarlari, O‘zbekiston boks federatsiyasi, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, chempion sportchilar va talabalar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng, musobaqa jarayonlariga start berildi va unda 100 ga yaqin talaba-yoshlar turli vazn toifalarida o‘z mahoratini namoyon qilishga kirishishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin sohiblari:
qizlar o‘rtasida:
-63 kg Abdullayeva Mohinabonu;
-70 kg Ergasheva Nilufar;
2-o‘rin sohiblari:
-63 kg Abdurahmonova Muxtasar;
-70 kg Xurramova Nazira.
o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin sohiblari:
-48 kg Jasur Zohidov;
- 51 kg Muhammadqodir Mamurjonov;
-54 kg Vahobov Sanjar;
-57 kg Xoldorov Begzod;
-60 kg Saimov Meroj;
-63,5 kg Tagaybayev Aydos;
-67 kg Abduqodirov Samandar;
-71 kg Bo‘ribayev Aziz;
-80 kg Mo‘minov Islombek;
-86 kg Mingiboyev Akobir;
-90 kg Maxanov Arman.
2-o‘rin sohiblari:
-48 kg Karimov Xusan;
-51 kg Lutfullaev Miraxror;
- 54 kg Xabibullayev Abdumutal;
-57 kg Karamatov Sardor;
-60 kg Xakimqulov Ulug‘bek;
-63,5 kg Ashirov Sardor;
-67 kg Usubjonov Bektemir;
-71 kg Sharofiddinov Ozodbek;
-80 kg Mirzajonov Jovohir;
-86 kg Sharifbayev Ruslan;
-92 kg Raxmanberdiyov Sardor.
3-o‘rin sohiblari:
-54 kg Erkinov Nurlihan;
-54 kg Matniyazov Abdualim;
-57 kg Qo‘chqarov Sulaymon;
-57 kg Ibadullayev Nurken;
-60 kg Shamsiddinov Jaloliddin;
-60 kg Sanakulov Jobirbek;
-63,5 kg Zoirov Oybek;
-63,5 kg G‘ofurov Jamshid;
-67 kg Xamidullaev Ma'murjon;
-67 kg Samadov Doston;
-71 kg Muxtarov Abduraxim;
-86 kg Menlibayev Nurlibek;
-86 kg Toshtemirov Jo‘rabek;
-92 kg Ziyodullayev Abduraxmon;
-92 kg Rajabov Abdulla.
Mazkur g‘olib va sovrindor talabalar musobaqaning yopilish marosimida taniqli murabbiylar, universitet faxriy ustozlari va Olimpiada chempionlari tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Qayd etish kerakki, mazkur “Universitet birinchiligi” boks bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash bilan birga, nufuzli musobaqalarni tashkil qilish hamda talaba-yoshlarning hakamlik mahoratini oshirishda katta ahamiyat kasb etdi.