Bugun Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutida tashkil etilgan zamonaviy laboratoriya sharoitida pedagog-olimlarimiz dastlabki tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi.
Tadqiqotda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol ixtisosligida tahsil olayotgan talaba-sportchilarni funksional holati o‘rganildi.
Laboratoriya tahlili natijalari talaba-sportchilarni funksional holatini to‘g‘ri baholashga imkon berib, sportchi tayyorgarligining kuchli va kuchsiz tomonlari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq maʼlumotlar olish imkonini beradi.