O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Kor
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat»tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet talabalariga “Korrupsiyaning ijtimoiy oqibatlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlari tizimi” haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri bugun Kurash fakulteti, Sport o‘yinlari va Sportni boshqarishi talabalariga olib borildi. Unda bo‘lim boshlig‘i S. Risboyev tomonidan Korrupsiyaning ijtimoiy oqibatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid milliy qonunchilik bazasining tavsifi, O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmuni va mohiyati hamda korrupsiya holatlari haqida maʼlumot yetkazish mumkin bo‘lgan vositalar bo‘yicha ham tushuntirish berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.