2023-yil 17-19 oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sport kurashlari boʻyicha Xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi.
“New Uzbekistan” nomi ostida birinchi bor tashkil etilgan mazkur kattalar oʻrtasidagi turnirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Belarus Respublikalaridan tashrif buyurgan sport qizg‘in bahs olib borishdi.
Eng ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan oliygohimizning polvon talabalari ham yuqori o‘rinlarni zabt etib, musobaqa sovrindorlariga aylanishdi!
Xususan, universitetning Kurash fakulteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Abdulloh Abdumutalibov 87 kg vazn toifasida 1-o‘rin, Xudoyor Shamsiddinov hamda 77 kg vazn toifasida Tolib Xusanovlar 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi!
Sportchilarimizni g‘alaba bilan tabriklab, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.