#InnoWeek2023
#taqdirlash
Joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida davom etgan «InnoWeek-2023» innovatsion g‘oyalar haftaligi nihoyasiga yetdi.
Haftalik doirasida faol ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorant, magistrant, iqtidorli talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.
“Eng yaxshi maʼruzachi” – Shuxrat Djumaqulov “Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professori v.b.;
“Eng yaxshi g‘oya muallifi” – Sultan Davletmuratov “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri;
“Eng yaxshi mahorat darsi” – Anvar Yeshtayev “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori;
“Eng yaxshi loyiha muallifi” – Komil Ziyadullayev “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasi mudiri;
“Eng yaxshi kafedra” - Xayrulla Matnazarov “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri;
“Eng yaxshi maqola” - Shukurjon Gaziyev birinchi bosqich doktorant;
“Eng yaxshi tashkilotchi” – Abdulhamid Bo‘riyev magistratura ikkinchi bosqich talabasi;
“Faol ishtirokchi” – Naima Nigmanova bakalavr ikkinchi bosqich talabasi;