#innoweek_2023
Mamlakatimizda «Innoweek.uz-2023» - xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Bu yilgi haftalik "Kreativ taʼlim va innovatsiyalar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi" mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur haftalik O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham tashkil qilinib, Toshkent viloyatidagi professional taʼlim muassasalari ham ishtirok etadi.
«Innoweek.uz-2023» - xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida universitet jamoasi professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan jami 12 ta ilmiy ishlanmalar, texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar bilan ishtirok etishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida ilmiy loyihalarning natijalari bo‘yicha ilmiy seminarlar, qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markaziga va ilmiy laboratoriyalarga iqtidorli yoshlarni tashrifi ham rejalashtirilgan.
Sizni «Innoweek.uz-2023» - xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida kutib qolamiz!