#ota_onalar_kengashi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirokida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda universitet rahbariyati tomonidan ota-onalarga oliygohda o‘rnatilgan ichki-tartib qoidalar va Odob-axloq kodeksi haqida ma’lumotlar berilib, mazkur me’yoriy qoidalarga talabalarning muntazam ravishda rioya qilishlari tobora dolzarblik kasb etib borayotgani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida universitetning iqtidorli sportchi talaba-yoshlari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar tashkil qilinib, yakunda bir guruh ota-onalar va talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.