#talabaga_eʼtibor
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida Sport o‘yinlari fakulteti dekani N.Dusanov va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtorkida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan suhbat qurilib, ularning qiziqishlari va takliflari tinglandi. Shuningdek, turar-joy tartib qoidalariga muntazam ravishda rioya qilishlari, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanishlari zarurligi taʼkidlandi.
Yakunda esa talaba yigit-qizlarga fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan bir juftdan kiyim quritgichlar sovg‘a qilindi!