O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tayanch doktorantura(PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka 2024-yil uchun quyidagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga
QABUL E’LON QILADI:
13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura(PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka;
08.00.13 – Menejment” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
Tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat va imtihon 2023-yilning 1-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga va maqsadli tayanch doktoranturaga kiruvchilar Mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.
Tayanch doktoranturaga va maqsadli tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi; – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi;
Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (B2) ega bo‘lishi.
Tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)da o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
pasport (ID karta);
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Xorijiy tilni birish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (B2).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
pasport (ID karta);
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (B2);
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Doktoranturaga suhbat asosida qabul qilinadi.
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yohud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yohud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (B2) ega bo‘lishi.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.
Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19 uy, E-bino, Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, 303-xona.
Murojaat uchun tel: 93-515-99-05.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etish tartibi joriy qilingan. Bunda, filologiya yo‘nalshilari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro darajadagi mos sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki xalqaro darajadagi mos sertifikat talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 23-martdagi 65-sonli buyrug‘i bilan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.