O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023-2024 o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan talabalarni yotoqxonaga joylashtirish va ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish jarayonlari davom etmoqda.
Jumladan, kuni kecha oliygohning Sport o‘yinlari fakulteti professor-o‘qituvchilari va tyutorlar 2-sonli TTJga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mas’ullar talabalarga fakultet rahbariyati, ichki tartib-qoidalari haqida ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, psixolog J.Ashirova ishtirokida talabalar bilan psixologik suhbat ham o‘tkazildi.