#tanishtiruv_haftaligi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Birinchi kurs maktabi” dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Universitetda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish” mavzusida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i E.Raxmonov hamda boshqarma yetakchi mutaxassislari tomonidan kredit-modul tizimi tushunchasi va uning huquqiy asoslari, kreditlarning miqdori va meʼyoriy muddatlari bo‘yicha taqsimoti, mustaqil taʼlim shakllari, shuningdek HEMIS dasturi va baholash mezonlari to‘g‘risida taqdimot qilinib, o‘quv jarayoniga oid boshqa masalalar yuzasidan ham maʼlumotlar berib o‘tildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.