Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univertsitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika amaliy-seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi vakillari hamda respublikadagi mavjud oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, sport murabbiylari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida oliy ta’lim muassasalarida Jismoniy tarbiya va sport kafedralarini tashkil etish, Sport klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish hamda davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yili uchun talabalarni talabalar turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar to‘g‘risida so‘z bordi va ular bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yakunda esa seminar qatnashchilari ishtirokida oliygoh hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.