30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, intiluvchanligi, tashabbuskorligi, keng dunyoqarashga egaligi, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard yigitlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tegishli qaroriga muvofiq davlat mukofotiga loyiq topildi.
Biz uchun quvonarlisi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi Og‘abek Amatboyev ham – Mard o‘g‘lon davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan barcha Yoshlarni samimiy muborakbod etadi.