Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov tomonidan fakultetlar dekanlarining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tyutorlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talaba-yoshlarni jismoniy barkamolligi bilan birga, ma’naviy yuksalishiga ham katta e’tibor qaratish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, shuningdek, jinoyatchilikka moyil talabalar bilan tizimli ravishda ishlash, zarur hollarda psixologik suhbatlar o‘tkazish, universitet sport klubini rivojlantirsh kabi masalalar to‘g‘risida so‘z bordi. Undan tashqari, birinchi prorektor tomonidan dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar faoliyati davomida talaba-yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsata olishlari, o‘z ustida tinimsiz izlanishda bo‘lishlari alohida ta’kidlandi.