Bugun Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov Toshkent viloyatida xizmat safari bilan boʻldi.
Vazir dastlab “Toshkent” dengizida baydarka va kanoe sport turi uchun ilgari qurilgan sport bazasini tiklash masalalarini muhokama qildi hamda bu borada amalga oshiriladigan loyihalar hamda Chirchiq daryo boʻyida suv sportini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar hamda u yerda yaratilgan shart-sharoitlar holati koʻzdan kechirildi.
Shundan so‘ng, vazir O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir va universitet rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga alohida to‘xtalib, barcha mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohga qabul jarayonlarini samarali tashkil qilish, kvotalar miqdorini belgilash va eng muhimi ta’lim sifatiga katta e’tibor qaratish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi.