#xushxabar
Ayni vaqtda, poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida davom etayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi janglar tobora qizg‘in tus olmoqda.
Quvonarlisi, yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschilarimiz orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi bo‘lgan -63,5 kg vazn toifasidagi Ruslan Abdullayev har bir jangida ajoyib ko‘rsatkichlarni qayd etgan holda, chempionatning chorak finalida fransiyalik raqibi Lounes Xamraouini mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Ruslan Abdullayevga ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab, undan keyingi g‘alabalarni kutib qolamiz!