Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Abdiyev Abdulla Nosirovichning xotirasiga bag‘ishlab, talaba-yoshlar o‘rtasida xalqaro kurash turlari bo‘yicha Festival tashkil etildi.
 
Unda universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va Abdiyev Abdulla Nosirovichning oila a’zolari ham ishtirok etishdi.
 
Festival doirasida kafedraning barcha bosqich talabalari o‘z vazn toifasi hamda jamoaviy tarzda xalqaro kurashning erkin, yunon-rum, dzyudo va sambo kabi turlari bo‘yicha qizg‘in bahslarni olib borishdi.
 
Yakunda esa tashkilotchilar tomonidan sovrindorlarga diplom, medal va g‘oliblik kuboklari topshirildi.