Joriy yilning 16-19 aprel kunlari Toshkent shahrida “Universiada – 2022” musobaqalari dasturidan o‘rin olgan sportning Workout turi bo‘yicha 14 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi.
Ushbu musobaqalarda o‘zlarining munosib ishtiroki bilan qatnashib kelayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi doimgidek sovrindorlar qatorida!
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
2-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi;
3-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi.
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Andijon viloyati jamoasi;
2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi.
Umumjamoa hisobida esa 5 ta oltin va 5 ta kumush medallarini jamg‘arib, Toshkent viloyati jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!