#E’LON
Oliygohimizning iqtidorli va iste’dodli talaba-yoshlari!
Barchangizga joriy yilning 19-aprel kuni talabalar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqasi tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Shu munosabat bilan musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalarimizni 19-aprel, soat 12:30 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!
Musobaqa o‘tkazish joyi: Universitet Madaniyat saroyi;
Vaqti: 13:00 da;
Masʼul: Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi (308-xona);
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99 894 167 67 07.
Aziz talaba-yoshlar, boshqa sport turlarida ham tengsiz ekanligingizni isbot qilishga imkon beruvchi mazkur musobaqada qatnashishni maslahat beramiz!