Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Tanlov shartlari: 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etadi!
Shuningdek, Tanlov doirasida taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqishda loyihaning investitsion jozibadorligi – qo‘shimcha foyda keltirib, kiritilgan mablag‘lar tavakkalchiligini kamaytirishga, uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi ochib berilganligiga alohida e’tibor qaratilib, bunday loyihalarga ustunlik beriladi.
Muddat: arizalar 2023-yil 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun:
Elektron manzil: thelastname.7777@gmail.com;
Telefon: +99833 400 05 09.