Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Litva Respublikasining Vilnyus universiteti rektori Rimvidas Petrauskas boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitet rektori Maxmudjon Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamosi bilan birgalikda oliygohda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv binolari hamda sport zallari bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Vilnyus Universiteti o‘rtasida xalqaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha Memorandum imzolandi.