Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi masʼul xodimlari, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar hamda magistrlar ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rag‘batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-taʼlim texnologiyalarining transferini amalga oshirish mavzularida taqdimotlar qilindi.
Tadbir yakunda yuqoridagi dolzarb masalalarga qaratilgan taqdimotlar bilan ishtirok etgan anjuman qatnashchilari Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.