#Referendum_2023
#befarqemasman
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-sonli Talabalar turar joyida ishchi xodimlar uchun Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar muhokamasi va referendumda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tarbiyachi-pedagog A.Ganiyev tomonidan turar joy ishchi xodimlariga yangilanayotgan Konstitutsiyadagi normalarning mazmun-mohiyati va kiritilayotgan o‘zgartirishlarga bo‘lgan zaruriyatlar to‘g‘risida bir qator tushuntirishlar berib o‘tilib, joriy yilning 30 aprelida bo‘lib o‘tadigan referendumda barchani faol ishtirok etishga chorlab qoldi.