Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati filiali mutaxassislari D.Aymuxamedov, S.Faxriddinov, universitet Marketing va talabalar bandligini taʼminlash bo‘limi boshlig‘i J.Jumaniyozov hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ishga joylashish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va uni bartaraf qilish yo‘llari, shuningdek, vacancy.argos.uz sayti orqali bo‘sh vakansiya o‘rinlarini qidirish usullari bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yakunda esa talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, ular orasida anonim savolnoma ham o‘tkazildi.