Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda oliygoh ayol professor-o‘qituvchilari, murabbiylar va talaba-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tomonidan ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni, gender tenglik, shuningdek, ularning salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati nihoyatda katta ekanligi alohida ta'kidlanib o‘tildi. Boshqalaridan farqli o‘laroq mazkur uchrashuv ikki tomon o‘rtasidagi samimiy suhbatga ulanib ketdi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar sohadagi mavjud muammolar, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, bandlik masalalari bo‘yicha o‘zlarining bir qancha asosli takliflarini bildirishdi. O‘z navbatida vazir o‘rinbosari D.Rahimova ham mazkur takliflarning amaldagi ijrosi yuzasidan doimiy monitoring qilinib borilishini qayd etdi.
Yakunda esa vazir o‘rinbosari universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.