Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga “B.Sidikov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro Universiteti” delegatsiyasi tashshrif buyurdi.
Dastlab delegatsiya vakillari va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kelajakda milliy terma jamoalar bilan ishlash, o‘quv-mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va murabbiylar malakasini oshirish hamda talabalar va xodimlar almashinuvi kabi dolzarb masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi.
Tashrif yakunida esa faxrli mehmonlar universitet rahbariyati boshchiligida oliygoh hududidagi mavjud sport inshootlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
a