E’tirof!
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab, nafosat egalari bo‘lmish ayollar bayrami shukuhi kezib yuribdi. Har yili anʼanaviy tarzda nishonlanib kelinayotgan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining fidoyi va jonkuyar pedagogi, professor, Klara Tashkenbayevna Shakirjanova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
K.Shakirjanova ko‘pyillik samarali ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatlari davomida universitetimizning rivojlanishi, shuningdek, uning izchil taraqqiy etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Ustozni universitet jamoasi nomidan ushbu mukofotlari bilan samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!