Joriy yilning 1-3 mart kunlari Sirdaryo viloyatida sportning gandbol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida Namangan, Navoiy, Samarqand hamda Toshkent viloyati jamoalari o‘rtasida murosasiz bahslar kechdi. Yakunda esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli sportchi talaba-qizlaridan iborat Toshkent viloyati terma jamoasi o‘zlarining munosib ishtiroki bilan mutloq g‘olibga aylandi va barcha jamaolardan ustun ekanliklarini namoyish etishdi!
Sportchi qizlarimizga hamisha zafar yor bo‘lsin!