O'zDJTSUining aziz ayol professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari diqqatiga!
Joriy yilning 28 fevral hamda 1 mart kunlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliygohda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimalar o‘rtasida sportning badminton, estafeta (4x100 m masofaga yugurish), voleybol va stol tennis turlari bo‘yicha “AYOLLAR SPARTAKIADASI” musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqalar universitetning Sport majmuasi (Manej) da bo‘lib o‘tadi.
Barcha ayol professor-o‘qituvchi hamda ishchi xodimlardan ushbu “Ayollar spartakiadasi” da faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirishga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shishingizni so‘rab qolamiz!