Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kurash fakultetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan bir qator musobaqalar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 25-fevral kuni kafedra tashabbusi bilan dzyudo sport turi bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaning yana bir ahamiyatli jihati, unda O‘zbekiston milliy unversiteti va "ALFRAGANUS UNIVERSITY" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti jamolari mexmon sifatida qatnashishdi.
Bahslarda 100 dan ortiq dzyudochilar g‘oliblik uchun bellashishdi va yakunda yuqori natijalarni qayd etgan talaba-yoshlar diplom hamda medal bilan taqdirlandilar.