Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sankt-Peterburg davlat texnika universiteti (Rossiya) dotsenti Aleksandr Sergyevich Gonashvili ishtirokida “Sport sohasidagi sotsial muammolar va xalqaro ilmiy-texnik bazalardan foydalanish mahoratini oshirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil qilindi.
Unda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiylar bo‘yicha prorektor B.Musayev, Ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Shopulatov, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Seminar davomida sport sohasidagi mavjud ijtimoiy muammolar va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mutaxassis tomonidan xalqaro ilmiy-texnik bazalardan (Scopus, Web of Science, RINS) foydalanish bo‘yicha mahorat darsi ham o'tkazildi.