Joriy yilning 7-10 fevral kuni Namangan viloyatida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha yigit-qizlar o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi start oldi va viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, Sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari ishtirokida musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ayni vatqda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri xamda barcha viloyat terma jamoalari o‘rtasida qizg‘in bahslar kechmoqda.
Har galgidek, sportchilar oilasining iqtidorli sportchi-talabalaridan iborat Toshkent viloyati terma jamoasi startni muvaffaqiyatli boshladi.
Qadrli sportchilar, biz sizlar bilan faxrlanamiz va sizlarga ulkan zafarlar tilaymiz!