Kuni kecha Kurash fakulteti talaba-yoshlari tomonidan “Ajdodlari ulug‘ yurt farzandiman” shiori ostida soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludiga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil etildi.
Unda universitet jamoasi, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Badiiy kecha davomida ijodkor talabalar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlarida Navoiy va Bobur ijodidagi ko‘ngil, ishq, iymon, odob-axloq, saxovat hamda vafo kabi tushunchalar, shuningdek, ota-onaga hurmat, Vatanni eʼzozlash singari insoniy burchlar o‘z ifodasini topdi. Ayniqsa, diltortar kuy-qo‘shiq va jozibador raqslar ham kechaga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.