Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 11-fevral mamalakatimizda “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati hamda talaba-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ilm-fan sohasiga keng jalb qilish maqsadida “Olima ayollar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Y.Jumayeva, universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev, oliygoh rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.G‘aniyeva, bir qator OTMlari va O‘zDJTSUning olima pedagoglari, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida olima pedagoglarimiz tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish, bandligi va gender tenglikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Shunigdek, tadbir talaba-yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq hamda jozibador raqslar bilan yanada boyidi.
Yakunda esa ko‘pgina olima pedagoglarimiz ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissalari uchun universitet rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.