#ilm_fan_yutuqlari
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport sohasidagi yana bir ilmiy tadqiqot ishi tinglandi.
Oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovichning “Oliy ta’limda paralimpiya bo‘yicha sportchilar tayyorlash tizimini pedagogik nazorat qilishning ilmiy metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ushbu yo‘nalishda olib borilgan ilk tadqiqot ekanligi, shuningdek ilmiy va amaliy ahamiyatining yuqoriligi bilan ham bosha tadqiqotlardan farq qilishi ilmiy kengash a’zolari tomonidan e’tirof etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur olib borilgan tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar parasport turlarining har xil tayyorgarlik sikllarida o‘quv-trenirovka jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish, maxsus harakat tayyorgarligini oshirish muammolariga taalluqli adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati mazmunini boyitish hamda parasport turlari bilan shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlarining uzliksizligini ta’minlash va jismoniy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.