Kuni kecha universitetning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i R.Babajanov hamda universitet profilaktika inspektori N.Agabekovlar boshchiligida fakultetlarning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda hozirgi kunda kuzatilayotgan anamol sovuq ob-havo natijasida Talabalar turar joyi va ijarada istiqomat qiladigan talabalarning holidan xabar olish, ularga elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga eʼtibor berish, shuningdek, sovuq havoda zaruriyat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.