Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i S.Risboyev, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, universitet odob-axloq komissiyasi raisi N.G‘afforov, Huquqiy targ‘ibot maskani inspektori, leytenant N.Agabekov, rahbar va ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda, xususan, oliygohimizda korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar va unga oid normativ-me’yoriy hujjatlar mazmuni to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida faol ishtirok etgan fakultet hamda kafedralar alohida e’tirof etilib, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlardagi ijodiy ish (eng yaxshi rasm va eng yaxshi videorolik)lar namoyish etildi.