Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi T.Karimov, O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy taʼlim markazi rahbari N.Alimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi G.Ahmedova, universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talaba-yoshlar va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev ochib berdi va boshqa bir guruh mehmonlar ham Bosh qomusimizning 30 yilligi bilan barchani samimiy tabriklab, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni hamda ahamiyati haqida nutq so‘zladilar. Shundan so‘ng tadbirning talabalar tomonidan asosiy qonunimizni madh etuvchi sheʼr va qo‘shiqlardan iborat badiiy qismiga navbat berildi. Ayniqsa, Chirchiq shahar 25-sonli maktab o‘quvchilari ijrosidagi o‘ziga xos sahna ko‘rinishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi!