Joriy yilning 15-17 noyabr kunlari Turkiyada og‘ir atletika tarixidagi birinchi uch karra Olimpiada g‘olibi, 7 karra Jahon chempioni Naim Suleymano‘g‘li xotirasiga bag‘ishlangan II-xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, -81kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ko‘pkurash sport turlari fakulteti og‘ir atletika yo‘nalishining 3-kurs talabasi Toshtemirov Muhammadqodir musobaqada bir yo‘la 3 ta oltin medalni mamlakatimiz hisobiga yozib qo‘ydi. Ya’ni: dast ko‘tarishda -153kg, siltab ko‘tarishda - 184kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra esa – 337 kg natijani qayd etib, musobaqaning tengsiz sportchisi ekanligini isbotladi!
Sportchi talabamizni ushbu g‘alaba bilan tabriklab qolamiz!